Eron hududidan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Joriy yil 16-iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, Vatanga qaytarildi.
Mazkur jarayonga Turkmaniston, Ozarbayjon va Erondagi diplomatik idoralar yaqindan ko‘mak bergan.
«Fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.
Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi», – dedi O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhanov.
Erondagi O‘zbekiston Elchixonasi aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi O‘zbekiston Elchixonasi aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun: +972 (54) 485-1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter