Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Estoniya va Latviya rus avtomobillari bilan mamlakatga kirishni taqiqladi

Estoniya va Latviya rus avtomobillari bilan mamlakatga kirishni taqiqladi

Estoniya Rossiya davlat raqamlari bo‘lgan avtomobillarni olib kirishni taqiqladi.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari Margus Saxkna cheklovlarning bugun, 13-sentyabrdan kuchga kirganini ma’lum qildi.

Bundan bir kun oldin, 12-sentyabr kuni Latviya hukumati ham Rossiya davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomobillarga nisbatan mazkur taqiqni joriy qilgan edi.

12 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab kuchga kirgan ushbu cheklov Rossiya va Belarus davlatlari bilan chegara postlarida kuchga kirdi.

Latviya chegarachilari haydovchilardan Rossiya va Belarus hududiga qaytishni taklif qila boshlagan. Agar ular talabni bajarishdan bosh tortsalar, mashinani musodara qilishlari mumkin. Mamlakat hududida shaxsiy transport sifatida foydalanib kelingan avtomashina egalariga ham Latviya hududidan chiqib ketish tavsiya qilinmoqda.

Ushbu taqiq Yevropa Ittifoqining diplomatik va konsullik vakolatxonalari avtomashinalariga taalluqli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring