Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona prokuraturasi 2 kishining o‘limi ortidan qo‘shimcha tekshiruv boshladi

Farg‘ona prokuraturasi 2 kishining o‘limi ortidan qo‘shimcha tekshiruv boshladi

Farg‘ona shahar prokuraturasi 2 kishining o‘limi va bir kishining noma’lum moddadan zaharlanib shifoxonada davolanib chiqqani yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv boshladi.

Bunga ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida yashagan 2 nafar fuqaroning noma’lum moddadan zaharlanishi oqibatida vafot etganligi, biroq holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganligi haqidagi videomurojaati sabab bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2022-yilning 26-dekabrida Farg‘ona shahridagi xonadonlarning birida B.Eraliyev tanishlari A.Aminjonov va X.Muxtorovlar bilan birga noma’lum moddadan zaharlanib, B.Eraliyev va A.Aminjonovlar voqea joyida vafot etgan. X.Muxtorov esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

O‘sha paytda hodisa joyi shahar prokurori rahbarligida, sud tibbiy ekspertiza bo‘limi eksperti, tezkor-tergov guruhi, FVB Farg‘ona shahar bo‘limi, SEO va JSX shahar bo‘limi va «Hududgaz Farg‘ona» GTF shahar bo‘limi xodimlaridan iborat mutaxassislar ishtirokida krimtexnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilgan.

Murdalar ko‘zdan kechirilganida, ularda tashqi tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, fuqarolar B.Eraliyev va A.Aminjonovlarning is gazidan zaharlanib vafot etganligi holati bo‘yicha Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Mazkur qarorning qonuniyligi o‘rganilib, bekor qilingan va hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring