Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz qazishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi – Shavkat Mirziyoyev

Gaz qazishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti o‘z murojaatida tabiiy gaz qazib chiqarish, shuningdek, gaz zaxiralari haqida to‘xtaldi.

Davlat rahbariga ko‘ra, gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi.

«Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko‘p) gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz.

Hech qachon 6 kilometrdan pastga tushmaganmiz. Endi tushyapmiz, imkoniyat katta, gaz bor. Lekin uni qazib olish qimmat.

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi», – deydi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari, shuningdek, shu kunga qadar mamlakatda gaz qazib kelgan korxonalarga berilgan litsenziyalar ham qayta – milliy manfaatlar doirasida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

«Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi»,  – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring