G‘ijduvonda ikki erkak soxta dollar yasab o‘tkazayotganda ushlandi

Qalbaki pullarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumani «Pozagari» mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.Q. hamda «Sharq» mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan N.A. ismli shaxslar jinoiy til biriktirib, bir fuqaroga qalbaki 10 ming AQSh dollarini 5 ming haqiqiy AQSh dollariga sotishga kelishishgan.
Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar G‘ijduvon tumani «Yu.Xamadoniy» ko‘chasida joylashgan «Bek» restorani orqasida joylashgan avtoturargohda uchrashib qalbaki 8.300 AQSh dollarini berib, qolgan 1.700 qalbaki AQSh dollarini tez kunda yetkazishlarini aytib 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter