Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamshirani kaltaklagan hamkasbiga jinoyat ishi ochildi

Hamshirani kaltaklagan hamkasbiga jinoyat ishi ochildi

23-oktyabr, yakshanba kuni Surxondaryoning Denovida hamshiraning boshqa bir hamshira tomonidan kaltaklangani va bunga SSVning munosabati haqida xabar qilingan edi. 

Viloyat prokuraturasi ham holat nazoratga olingani va tegishli tartibda huquqiy baho berilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hamshira S.T. hamda fuqaro S.Q. lar Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. bilan janjallashib, unga «yengil» tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2022-yil 23-oktyabrda S.Q. va S.T.larga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlarining borishi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring