Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilar uchun yangi qulayliklar joriy etildi

Haydovchilar uchun yangi qulayliklar joriy etildi

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘l harakati qoidalarida bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Jamoat transporti yo‘laklarida o‘zgarishlar:

Bugundan boshlab, jamoat transporti uchun ajratilgan «A» harfli yo‘laklarda soat 23:00 dan 06:00 gacha barcha transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi. Ushbu choralar jamoat transporti harakatini soddalashtirishga yordam beradi.

«To‘xtash taqiqlangan» va «To‘xtab turish taqiqlangan» belgilarining qayta ko‘rib chiqilishi

«To‘xtash taqiqlangan» va «to‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilarining o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi. Zarurat bo‘lmagan joylardagi ushbu belgilar olib tashlanadi. Belgi tagiga amal qilish vaqti ko‘rsatilgan qo‘shimcha axborot belgilarining o‘rnatilishi belgilandi. Masalan, «7:00–21:00» deb yozilgan bo‘lsa, taqiq faqat ushbu vaqt oralig‘idagina amal qiladi.

Temiryo‘l kesishmalarida yangi tartib:

Temiryo‘l kesishmalarida mavjud bo‘lgan «Stop» belgilarining o‘rniga boshqariluvchi svetoforlar o‘rnatiladi. Bu o‘zgarish haydovchilarning behuda to‘xtab o‘tishiga barham berib, yo‘l o‘tkazuvchanligini oshiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring