Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik prokurorning xizmat uyini jihozlash uchun 45 million so‘m ajratdi

Hokimlik prokurorning xizmat uyini jihozlash uchun 45 million so‘m ajratdi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi prokurorning xizmat uyini mebellar bilan jihozlash uchun 45,3 mln so‘m budjetdan pul ajratdi.

Bu 2023 yilning 25 iyul kuni hokimlik tomonidan chiqarilgan qarorda ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorda keltirilishicha, Qo‘rg‘ontepa prokuraturasi tuman prokuroriga biriktirilgan xizmat uyini jihozlash uchun hokimlikka xat kiritgan.

Shundan so‘ng tuman hokimining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman prokuroriga biriktirilgan xizmat uyini jihozlash uchun 45 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ma’lumot uchun, Qo‘rg‘ontepa tumanining sobiq prokurori Sardor Rajabboyev o‘z uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgani uchun ishdan olingan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring