Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi – Prezident qarori

Jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi – Prezident qarori

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.

Bu Prezidentning «Yoshlar uchun ming kitob» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–380-son qarorida belgilab qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, kitoblarni tarjima qilish va nashr etishning 1-bosqichida ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi, 2-bosqichida esa aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro‘yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar ro‘yxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko‘riladi.

Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq davlat xaridlari talabgorlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring