Nodirabegim Ibrohimova: «Tarjima — sabr va so‘z tanlash azobi...»
Sun’iy intellektning bugungi darajasi tarjima maydoniga qulaylik olib kirdi, lekin shu bilan birga, jiddiy kasbiy xatarlarni ham paydo qildi. Yosh tarjimonlarning tayyor natijaga suyanib qolish xavfi nafaqat mavjud, balki bu hozirgi kunda ochiq kuzatilayotgan jarayon. Sun’iy intellekt taklif qilayotgan matn sirtdan qaraganda silliq, grammatik jihatdan benuqson va ravon ko‘rinadi. Bu silliqlik yosh qalamkashda aldamchi xotirjamlik uyg‘otadi.
Qurolli Kuchlar uchun 1 million nusxa kitob xarid qilish taklif etildi
Loyihadan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, milliy hamda jahon adabiyotining sara namunalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar mualliflarini moliyaviy rag‘batlantirish taklif etilmoqda
Mualliflik haqi va boshqa to‘lovlarning eng kam hamda eng yuqori stavkalarini qayta ko‘rib chiqish, jumladan, nazm, nasr va libretto kabi asarlarga berilgan buyurtmalar uchun mualliflik haqi stavkalarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Mahkumlar o‘qigan kitoblar maxsus tartibda ko‘rib chiqiladi
Hukumat mahkumlar o‘qigan adabiyotlarni baholashning yangi tartibini tasdiqladi. Bu jarayonda komissiya, test sinovi va sud nazorati nazarda tutilgan.
Prezident Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
Yangi tashabbus doirasida kitobxonlik bo‘yicha eng yirik tanlov o‘tkaziladi, bosh sovrin esa 50 ming dollarni tashkil qiladi.
Uzoq umr ko‘rmoqchimisiz – unda kitob o‘qing: mutolaaning 10 foydasi
Kitob o‘qish shunchaki orom olish emas. Olimlar aniqlashicha, doimiy mutolaa inson miyasi, psixikasi va hatto jismoniy salomatligiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bola kitob orqali o‘z savoliga nom topadi
U ba’zan jim qoladi, ba’zan injiqlashadi, ba’zan esa hech qanday sababsiz yig‘laydi, xafa bo‘ladi, xayol surib yuradi. Kattalar buni shunchaki injiqlik yoki o‘tkinchi kayfiyat deb qabul qilishi mumkin. Ammo aslida bola javob topolmayotganidan emas, u hatto o‘z savolini ham nomlay olmayotganidan qiynaladi.
Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga Andijondan kelin bo‘lib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qo‘shib olib keldi.
25 yil ichida kitob olamida nimalar kashf etildi?
Muallifga erkinlik berildi. Shoir va yozuvchilar endi avvalgidek nashriyotga qaram bo‘lmay qoldi. Ular o‘z saytlarini, ijtimoiy tarmoqlarda blog va sahifalarini yuritib, ijodini ommaga olib chiqa boshladilar.
Bola kitob orqali o‘z muammosini anglaydi...
Bolalar bilan birgalikda turli mavzularda kitob o‘qishga harakat qiling. Uning sirli qalb kechinmalarini bilib olasiz va vaqtida ko‘mak bera olasiz.

