Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juma kuni poytaxtning uchta tumani ayrim hududlari elektr ta’minotidan uzildi

Juma kuni poytaxtning uchta tumani ayrim hududlari elektr ta’minotidan uzildi

Bugun, 16-iyun kuni hududlarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganiligi sababli Toshkent shahrining ayrim manzillarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.

Ular:

  • Yashnobod tumani – “Arg‘in” hamda “Bahor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
  • Yunusobod tumani – Markaz 6-dahasi, “Registon” va “Qo‘shchinor”  MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;
  • Chilonzor tumani – “Dilxush” hamda “Qatortol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring