Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kecha Andijonda transformator yonishi oqibatida mingga yaqin odam chiroqsiz qoldi

Kecha Andijonda transformator yonishi oqibatida mingga yaqin odam chiroqsiz qoldi

Kecha, 16 avgust kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida elektr transformator yonib ketdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Soat 22:30 da Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi 35/10 kVli “Buloqboshi” podstansiyasida yong‘in chiqqan. Transformatorning yonishi natijasida ushbu hududdagi 1000 ga yaqin iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.

Yong‘in Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.

Elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilar soat 23:45 da podstansiyadagi 2-transformator orqali tarmoqqa to‘liq ulangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring