Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonovdan yangi «chellenj»: «Bir yil ikki daqiqada» (video)

Komil Allamjonovdan yangi «chellenj»: «Bir yil ikki daqiqada» (video)

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov yangi chellenjga qo‘shildi.

«Internetda yangi «chellenj» boshlanibdi, men ham unda ishtirok etishga qaror qildim.

Ya’ni, men 1 yil davomida jamoamiz bilan amalga oshirgan ishlarimiz haqida atigi 2 daqiqa ichida gapirib berishga harakat qilaman», — deb yozdi Allamjonov o‘zining telegramdagi sahifasida.

Aytishlaricha, ushbu chellenjni Yangi Zelandiya bosh vaziri Ardern Jasinda boshlagan. Bu — davlat amaldorlarining xalq oldidagi hisobotiga o‘xshaydi: bir yil davomida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tafsiloti.

Umid qilamizki, boshqa davlat amaldorlari ham ushbu chellenjni davom ettiradilar va o‘z hisobotlarini taqdim etadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring