Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab va OTMlarda halollikni o‘rgatuvchi maxsus dasturlar ishlab chiqiladi – Akmal Burxanov

Maktab va OTMlarda halollikni o‘rgatuvchi maxsus dasturlar ishlab chiqiladi – Akmal Burxanov

Shu kunlarda Aksilkorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasi Singapur davlatida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya xizmat safarida Singapur Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi, Bosh prokuraturasi, PSB Akademiyasi, Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi kabi tashkilotlarga tashrif buyurib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Akmal Burxanovga ko‘ra, muzokaralar davomida bir qator masalalarni muhokama qilgan va kelishuvlarga erishilgan.

«Xususan, Singapurning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni milliy amaliyotga tatbiq etish hamda Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida halollikni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvrlarga erishdik», – deydi Agentlik rahbari.

Shuningdek:

  • O‘zbekistonda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini ishlab chiqishda Singapur aksilkorrupsiya byurosi ekspertlarini jalb qilish;
  • Singapur amaliyoti asosida xususiy sektor vakillari hamda davlat idoralari moliya va iqtisod sohasidagi xodimlar uchun real keyslar asosida qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish usullarini muhokama qilish va bu yunalishda standartlarni joriy etish;
  • O‘zbekiston davlat idoralari rahbar kadrlari uchun Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish;
  • Davlat xizmatchilarini Singapur tajribasi asosida qisqa muddatli kurslarda malakasini oshirish;
  • Hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tergovchilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihani ishga tushirish;
  • Prokuratura idoralariga xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, shuningdek, korrupsiyaga oid ishlarning sudda ko‘rilishi va unda prokuror ishtiroki bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish va tahlil qilish kabilar yuzasidan ham muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring