Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy «ish»lar ustidan apellyatsiya berish muddati qisqartirildi

Ma’muriy «ish»lar ustidan apellyatsiya berish muddati qisqartirildi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishga doir O‘RQ–884-sonli qonun bilan endilikda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

Apellyasiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.

Shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.

Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya  yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring