Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manfaatlar to‘qnashuvi — taraqqiyot to‘sig‘i (video)

Qonunlar — jamiyat mezoni, ularning ustuvorligini ta’minlash jamiyat taraqqiyoti va rivojlanish kafolatidir.

Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati bilan tahliliy tanishib borish esa davr talablaridan biridir.

Shu bois, 13-avgust kuni "O‘zbektelekom" AKda xodimlarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunining mazmun-mohiyati, amaliyoti va ahamiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan o‘quv seminarida kompaniya ijro apparati hamda uning tarkibidagi filiallarda faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar ishtirok etishdi.

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Salomat Niyozova "O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘RQ 931-sonli qonunining mazmun-mohiyati” hamda "Davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va javobgarlik masalalari" mavzularida ma’ruza qildi.

Tadbir so‘ngida seminar ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring