Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Spirtli ichimlikka ruju’ qo‘ygan, doimiy ish joyi yo‘q»: mast holda qizini kaltaklagan ayol haqida ma’lumot berildi

«Spirtli ichimlikka ruju’ qo‘ygan, doimiy ish joyi yo‘q»: mast holda qizini kaltaklagan ayol haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimlik ta’sirida bo‘lgan ayol qiziga shafqatsiz muomalada bo‘layotgani aks etgan video tarqalgan, shundan so‘ng holat zudlik bilan bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinib, ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi bildirilgandi. Ayolning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgandi.

Shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi kaltaklangan 8 yashar qizcha Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, uning 30 yoshdagi onasi esa Toshkent shahar ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilganini ma’lum qilgandi. Hokimlikka ko‘ra, ayol doimiy ro‘yxatda Toshkent viloyatida turadi.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, qizini kaltaklagan ayol turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamaydi, spirtli ichimlikka ruju’ qo‘gan.

«Doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganligi sababli Toshkent shahridagi bir qator tumanlarda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning egalari bilan kelishib, uy yo‘laklarini tozalab kunlik daromad topishi aniqlandi», deyiladi agentlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, psixolog va pedagoglar onasi tomonidan xo‘rlangan qizchaning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qilmoqda.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

«Ona va bolaga yordam ko‘rsatish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mas’ul xodimlari biriktirilib, mazkur holatning kelib chiqishi va uni bartaraf etish yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilmoqda», deya qo‘shimcha qilgan agentlik matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring