Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qildi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qildi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu jumladan:

  • 2024-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  • Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;
  • Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
  • Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;
  • 2024-2025 yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;
  • 2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
  • 2024-2025 yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xarita»si;
  • 2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xarita»si;
  • O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
  • 2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring