Navoiyda 2 sinfda o‘qiydigan qizcha «o‘pkasini qo‘ltiqlagan» haydovchilar sabab halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan YTH aks etgan ayanchli videotasvir tarqaldi.
Unda ikki haydovchining yo‘l talashib, aholi yashash puktida 120 tezlikda harakatlangani va ulardan biri piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan qizchani turtib yiqitgani, uning ortidan kelayotgan BYD rusumli avtomobil esa uni bosib ketgani aks etadi.
Navoiy viloyati IIB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa joriy yilning 1-iyul kuni sodir bo‘lgan va YTH oqibatida qizcha voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter