Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda Prezident Mirziyoyev ishtirokida viloyat Kengashi sessiyasi boshlandi

Navoiyda Prezident Mirziyoyev ishtirokida viloyat Kengashi sessiyasi boshlandi

Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari nutqining avvalida mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli viloyat ahliga chuqur hurmat va ehtiromini bildirdi.

Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani ta’kidlandi.

Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi.

Yaqinda ishga tushgan «Balpan-tog‘» va «Tomdi-buloq» konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Turbay konini kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyiha ishga tushirish arafasida turibdi. Pistali konida oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring