Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda «Lacetti» va «Nexia» to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

Navoiyda «Lacetti» va «Nexia» to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

Foto: IIV matbuot xizmati

9-fevral kuni 24 yoshli R.N «Lacetti» mashinasida «Zarafshon-Navoiy» avtomobil yo‘lida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J.ning  «Nexia» avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi. 

Natijada «Nexia» haydovchisi N.J. voqea joyida, avtomashina yo‘lovchisi 1 yoshli chaqaloq A.Sh. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring