Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi

Nogironlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi

Senatning 47-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, qonun bilan 2 ta kodeks hamda 15 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda;
  • intellektual mulk ob’yektlari bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazuvchi vakolatli tashkilot sifatida Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi belgilanmoqda;
  • tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish muddatini qisqartirilmoqda;
  • adliya organlariga intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash vakolati berilmoqda;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati adliya organlariga o‘tkazilmoqda.
  • Bundan tashqari, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring