Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukus shahri va viloyatlar markazida ham jamoat transporti tizimi yaxshilanyapti

Nukus shahri va viloyatlar markazida ham jamoat transporti tizimi yaxshilanyapti

Bugungi kunda Poytaxtdagi jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham bu borida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejalarini ishlab chiqish ishlari barcha hududlarda boshlangan.

Shu maqsadda, 5 ta oliy ta’lim muassasalari (Transport universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Namangan iqtisodiyot va qurilish instituti, Jizzax va Farg‘ona politexnika institutlari) bilan jami 18,4 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzildi.

Hududiy transport boshqarmalarida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatlari tashkil qilindi va ularni jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tashuvchilar bilan brutto-shartnomalar asosida hisob-kitoblar uchun jamg‘arma xisob raqamlari ochildi.

Hozirda, xususiy tashuvchilar tomonidan Qarshi shahriga jami 30 ta gazda harakatlanadigan zamonaviy avtobuslar olib kelindi, shuningdek 2024 yil 1-chorak yakuniga qadar qo‘shimcha ravishda 70 ta avtobuslar xarid qilinib, yo‘nalishlarga qo‘yiladi.

Bundan tashqari Urganch 100 ta, Buxoro 20 ta, Namangan shaharlari uchun 140 ta Xitoy ishlab chiqaruvchisidan 24,1 mln dollarlik avtobuslar xaridi bo‘yicha shartnomalar yuzasidan kredit mablag‘larini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Aholi punktlarining jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida, Respublika bo‘yicha jami 8354 ta MFYlarni 7437 tasini (90 foiz) jamoat transport bilan qamrab olingan.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 101 ta M1-toifali (damas) yo‘nalishlarni 38 ta M2-toifali (mikravtobus) yo‘nalishlarga o‘zgartirildi.

Respublika bo‘yicha joriy yilning yanvar-sentyabr oylarda jami 166 ta elektron ochiq tenderlar o‘tkazildi. Ushbu tenderlarda jami 1847 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirildi. Shundan 314 ta shahar ichida, 1345 ta shahar atrofi, 127 ta viloyat hududi shaharlararo va 61 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring