Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Numbeo: O‘zbekiston o‘rtacha ish haqi bo‘yicha oxirgi o‘ntalikdan joy oldi

Numbeo: O‘zbekiston o‘rtacha ish haqi bo‘yicha oxirgi o‘ntalikdan joy oldi

O‘zbekiston o‘rtacha ish haqi bo‘yicha xalqaro reytingda 106 mamlakat ichida 96-o‘rinda qayd etildi. «Numbeo» nashri mazkur reytingda soliqlarni hisoblamaganda sof ish haqi miqdorlarini o‘rgangan.

Nashrga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 278,79 AQSh dollariga, ya’ni 3 mln. 40 so‘mga teng.

MDH davlatlari orasida eng yuqori ish haqi Rossiya (846,42 dollar), Belarus (481,15 dollar) va Armaniston (471,29 dollar)da qayd etilgan.

O‘zbekistonga qo‘shni davlat – Qozog‘iston esa 77-o‘rinda qayd etilgan (409,3 dollar).

Mazkur reytingda dastlabki uchtalikni – Shveysariya (5 979,75 dollar), Singapur (4 247,77 dollar) va Avstraliya (4 143,38 dollar) band qilgan bo‘lsa, ro‘yxatni Shri-Lanka (143,84 dollar), Pokiston (162,02 dollar) va Nigeriya (164,78 dollar) tamomlab bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring