Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston va Turkiya IIVlari hamkorlikda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, 34 yoshli Saliyeva O‘g‘ilxon Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Mazkur shaxsning O‘zbekiston fuqarolarini chet elda qonunga xilof ravishda hujjatlarini olib qo‘ygani va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgani aytilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi O‘.Saliyevaning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIV yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralyapti.

«Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring