O‘g‘ri mahalladoshi bo‘lib chiqdi

Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘zganing xonadonidan 13 ming AQSh dollari o‘g‘irlagan shaxs ushlangan.
Ta’kidlanishicha, noma’lum shaxs G‘ijduvon tumanidagi Mustaqillik mahallasida yashovchi fuqaro R.S.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uning uyidagi sandiqdan 13 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Kechki paytda ish va o‘qishdan qaytgan uy sohiblari xonadonga o‘g‘ri tushganini payqab, ichki ishlar organlariga xabar berishgan.
Holat yuzasidan O‘zbekistogn Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan ish qo‘zg‘atilib, tezkor-texnik surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. Bunda ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi, 46 yoshli Q.D. sodir qilgani aniqlangan. Suhbatlar asnosida fuqaro Q.D. bir necha marta R.S.dan ko‘mak so‘rab kelgani, R.S. esa unga beminnat moddiy yordam berib turgani ochiqlangan.
Ayni paytda aybdorning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan ham tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter