Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlanmoqda

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.

“Xabar.uz” maxbirining ma’lum qilishicha, yalpi majlisda Senat a’zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalar muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan.

Yalpi majlis kun tartibiga jami 17 ta masala kiritilgan bo‘lib, ularning 9 tasi qonunlardir.

Tafsilotlarni saytimizda kuzatib boring.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring