Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq shahrida sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Olmaliq shahrida sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 11-12-oktyabr kunlari Toshkent viloyati hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka doirasida ilm fan va innovatsion texnologiyalar mahsulotlari ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.

OKMK Mahalliylashtirish dasturi ijrosi asosan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamda Rux zavodi tomonidan amalga oshirildi.

2021 yilda mahalliylashtirish Dasturiga asosan 87ta loyiha doirasida 217,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 134,6 foizga bajarilgan.

9 oyda mahalliylashtirish Dasturiga qo‘shimcha ravishda joriy yilda 28,2 mlrd.so‘mlik 11 ta yangi loyihalarning tarmoq jadvali tasdiqlanib ishlab chiqarish boshlandi.

Bugungi kunda jami 32 ta yangi turdagi loyihalar bo‘yicha 49,0 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi: jumladan,“Qattiq qotishmali mahsulotlar - parma va keskichlar”, “Tosh maydalash tegirmoni qoplamasi”, “Yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar”, “Volfram angidridi”, “Yanchish uskunasining zirhlari”, “Quyma mahsulotlar” va boshqalar.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida mahalliylashtirish Dasturida rejalash-tirilgan 108 ta loyiha bo‘yicha hajmi 236,9 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, amalda 320 mlrd. so‘mni yoki rejaga nisbatan 135,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda va o‘tgan 2021 yilning mos davriga nisbatan 147,3 foizga bajarish ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring