Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Omborlarda saqlanayotgan sabzavot zaxiralari haqida ma’lumot berildi

Omborlarda saqlanayotgan sabzavot zaxiralari haqida ma’lumot berildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda sabzavot ekinlarini saqlashga mo‘ljallangan 4 400 dan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan omborxonalar mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan 640 ming tonna zaxira qilingan (joriy yilgi qish mavsumiga 583 ming tonna reja bo‘lgan).

Jumladan, ayni paytda asosiy sabzavot ekinlaridan:

  • 297 ming tonna kartoshka;
  • 93,2 ming tonna piyoz (ayni kunda hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda);
  • 159 ming tonna sabzi zaxira qilingan.

Zaxiradagi sabzavot mahsulotlari faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi xonadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Shu yo‘l bilan aholini sabzavotga bo‘lgan ehtiyojini yil davomida qondirish imkoniyati yaratiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan maxsus omborxona va muzlatkichlarda saqlanayotgan piyozlarning muzlashi bilan bog‘liq gaplar asosga ega emas.

«Bu yerlarda havo harorati mo‘’tadil va o‘rnatilgan talablar doirasida bo‘ladi. Zaxira mana shu mahsulotlardan kelib chiqib belgilanadi va statistik ma’lumotga kiritiladi», – deyiladi vazirlik izohida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring