Ortiq Sultonov «O‘zbekkonsert»ning Samarqand bo‘limiga rahbar bo‘ldi
Qiziqchi Ortiq Sultonov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘limiga rahbar etib tayinlandi.
O.Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan.
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» hamda «O‘zbekiston» telekanallarida rejissyor bo‘lib ishlagan.
U shu kunga qadar Samarqand shahar madaniyat bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter