Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilida bog‘chalardan boshlang‘ich sinflarga qariyb 650 ming bola o‘tkazilgan

Joriy yilida bog‘chalardan boshlang‘ich sinflarga qariyb 650 ming bola o‘tkazilgan

2022-2023-o‘quv yili yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan  647 655 nafar 7 yoshli bolalar boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olindi.

Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021-2022-o‘quv yilida 566 996 nafarni tashkil etganbo‘lib, joriy yildagisidan 80 659 nafarga kamroq.

Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi 2022/2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni qariyb 6,5 mln nafarni tashkil etgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.

Shundan, 1–4-sinf o‘quvchilari soni 2,5 mln nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 foizni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring