Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

Prezidentning joriy yil 13-sentyabrdagi tegishli qarori bilan O‘zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Qaror bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring