Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tibbiy buyum va dori vositalarini Kuvaytga eksportini rejalashtiryapti

O‘zbekiston tibbiy buyum va dori vositalarini Kuvaytga eksportini rejalashtiryapti

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov va Kuvayt Farmatsevtika importyorlari va dorixonalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi, «Al Mojil Drug Company» kompaniyasi bosh direktori Faysal al-Mojil uchrashuvida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va dori vositalarining Kuvaytga eksportini tashkil qilish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Uchrashuvda Kuvayt vakiliga Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar taqdim etildi.

Taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha fikr almashish maqsadida Kuvayt Farmatsevtika importyorlari va dorixonalari uyushmasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish taklifi ham berildi.

Faysal al-Mojil O‘zbekistonga 1999-yil borganini, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u so‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atini va erishilayotgan yuksak natijalarni yuqori baholadi.

«Biz o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va kompaniyalari bilan muzokara o‘tkazishga tayyormiz», - dedi Faysal al-Mojil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring