Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 3 mlrd dollardan ortiq kelishuvlar to‘plami imzolandi (ro‘yxat)

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 3 mlrd dollardan ortiq kelishuvlar to‘plami imzolandi (ro‘yxat)

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston mintaqalararo biznes-forumi yakunlari bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgan.

Ma’lum qilinishicha, jumladan, Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida shartnoma, qishloq xo‘jaligi sohasidagi konkret investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ko‘zda tutuvchi «Yo‘l xaritasi», shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalarini jamlagan kelishuvlarning mustahkam to‘plami imzolangan.

Bunda eng yirik kelishuvlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va agrosanoat kompleksi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi (1 317,9 mln. dollar);
  • «Chevrolet» rusumli avtomashinalar komplektlari va butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv (500 million dollar)
  • Chimkent shahrida to‘qimachilik majmuasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi (loyiha qiymati 98 million dollar)
  • «Angren-Pop-Qo‘qon-Andijon-Savay» temir yo‘l uchastkasida signalizatsiya va aloqa tizimini modernizatsiya qilish (76,4 mln. dollar);
  • O‘zbekistonda multimodal transport-logistika markazini qurish bo‘yicha hamkorlik memorandumi (70 mln. dollar);
  • «Artel» maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha litsenziya shartnomasi (55 mln. dollar);
  • «Qozog‘istonda kichik hajmdagi yig‘ish usuli bo‘yicha «Chevrolet» avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv (50 mln. AQSh dollari);
  • Ostonada keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini boshlash to‘g‘risidagi kelishuv (40 mln dollar) va boshqalar.
  • Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv Memorandumi, energetika sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum va Samarqand va Turkiston shahar hokimliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 30 dan ortiq qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelinyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring