Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga 25 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi olib kelindi

O‘zbekistonga 25 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi olib kelindi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi shu haftada mahalliy o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchi va talabalarga bevosita dars berish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab 10 oylik o‘qitish, malaka oshirish dasturlarini boshlash uchun 25 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisini mamlakatga olib keldi.

Ushbu guruh tarkibiga maktablarning 10-sinfidan to universitet darajasigacha bo‘lgan bosqichda mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari bilan birgalikda dars beruvchi amerikalik 17 nafar ingliz tili o‘qituvchisi hamda universitet darajasida ingliz tili o‘qitish salohiyatini oshiradigan, boshqa tillarda so‘zlashuvchilar uchun ingliz tili o‘qitishga (TESOL) ixtisoslashgan 8 nafar tajribali ustoz (EL Fellows) kiradi.

Amerikalik o‘qituvchilarning 15 nafari AQSh Davlat departamentining Fulbrayt ingliz tili o‘qitish bo‘yicha yordamchisi (ETA) dasturining bir qismidir, 2 nafari esa O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSh elchixonasining “Ingliz tili o‘rgatuvchi” dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir. Bu ustozlar TESOL yoki tegishli sohada magistr darajasiga va o‘rtacha 10 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega.

Dushanba kuni o‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik o‘qituvchilar O‘zbekistonning 11 ta viloyatida ingliz tili o‘qitish va o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashini hamda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlashini, qolaversa til o‘qitish bo‘yicha zamonaviy ilg‘or tajribalarni namoyish etish orqali Qo‘shma Shtatlarning madaniyat elchilari sifatida ham xizmat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati 2018-yildan beri O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitish va o‘rganishga 28 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Ushbu yordam butun mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq maktab uchun yuqori sifatli ingliz tili darsliklarini xarid qilish hamda umumta’lim maktablaridagi 15 ming nafar ingliz tili o‘qituvchisi malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring