Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik haydovchilar avtoraqam uchun bir haftada 15,2 mlrd so‘m sarfladi

O‘zbekistonlik haydovchilar avtoraqam uchun bir haftada 15,2 mlrd so‘m sarfladi

O‘tgan bir hafta (6-noyabrdan 12-noyabrgacha) ichida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 18 920 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan. Bu haqda O‘zRTXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Shundan 14 198 tasi jismoniy shaxslar uchun va 4 722 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Hisobot davrida 2 636 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan va ularning jami summasi 15 mlrd 267,6 mln so‘mni tashkil etgan. Amalga oshgan bitimlarning 92 foizi jismoniy shaxslarga (14 mlrd 41,1 mln so‘mga teng 2 497 ta avtoraqam) va 8 foiz ulushi yuridik shaxslarga (1 mlrd 226,5 mln so‘mga teng 139 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 5,8 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 368,3 mln so‘mni tashkil qildi.

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 598 262 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 572 608 nafari jismoniy shaxslar va 25 654 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring