Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili avtoraqamlar uchun qariyb 400 mlrd so‘m sarflagan

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili avtoraqamlar uchun qariyb 400 mlrd so‘m sarflagan

2023-yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Spot’ning Birja axborot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, eng qimmat «chiroyli» avtoraqamlar «beshligi»ning dastlabki ikkitasi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan: 450 mln va 439,56 mln so‘mlik avtoraqamlar.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 mln so‘m, 395 mln so‘m hamda 378,18 mln so‘mlik avtomobil raqamlari esa ushbu «beshlik»ni yakunlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning oktyabrida 777 RRR «chiroyli» avtoraqami auksionda qariyb 893 mln so‘mga sotilgan edi. Biroq mazkur avtoraqam xaridor tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi organida to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

2022-yilda sotilgan eng qimmat avtoraqam esa 50 777 ZZZ bo‘lib, u 669,6 mln so‘mga sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring