Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar uchun AQShga kirish vizasi talablari osonlashishi mumkin

O‘zbekistonliklar uchun AQShga kirish vizasi talablari osonlashishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolariga AQShga kirish vizasi talablarini yengillashtirish choralari ko‘riladi.

Prezidentning joriy yil 15-maydagi PF-87-son farmoni bilan Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy muddatda AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda O‘zbekiston fuqarolariga AQShga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish topshirildi. 

Shuningdek, vazirlik yuqorida ko‘rsatilgan muddatda Rossiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston davlat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga «kinder pasport» bilan 30 kungacha kirish rejimini joriy qilish vazifasi topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring