Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarning «qo‘lida» asosan qaysi pullar borligi aytildi

O‘zbekistonliklarning «qo‘lida» asosan qaysi pullar borligi aytildi

Markaziy bank muomaladagi naqd pullarning (milliy valyutada) nominal qiymati bo‘yicha tarkibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-aprel holatiga, o‘zbekistonliklar eng ko‘p muomala qilayotgan banknota bu 100 000 ming so‘mlik bo‘lib, u jami naqd pullarning 42,5 foizini tashkil qilyapti. 50 000 so‘mlik kupyura esa muomaladagi pullarning 26 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek:

  • 200 000 so‘mlik – 13,5 foiz;
  • 20 000 so‘mlik – 2,8 foiz;
  • 10 000 so‘mlik – 8,1 foiz;
  • 5 ming so‘mlik – 5,9 foiz;
  • 2 000 so‘mlik – 0,4 foiz;
  • 1 000 so‘mlik – 0,8 foiz.

Qayd etilishicha, 2023 yil yanvar-mart oylarida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln. so‘mga kamayishi kuzatilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring