O‘zbekistonning 7 ta shahrida ham havo sifati keskin yaxshilandi

O‘zgidromet 29-yanvar holatiga respublikaning 7 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi.
Markazga ko‘ra, bugun atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalaridan olingan ma’lumotlar bo‘yicha asosiy ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagan.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov ham havo sifatining keskin yaxshilanishiga «Respublikaning katta qismida kuzatilayotgan tinimsiz yog‘inlar» sabab bo‘lganini ta’kidlaydi.
Ma’lumot uchun, atmosfera havosining ifloslanish darajasini avtomatik rejimda kuzatish quyidagi shaharlarda amalga oshiriladi:
- Toshkent shahridagi Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi stansiyalarda;
- Guliston («Buyuk kelajak» mahallasi);
- Jizzax («Zilol» mahallasi, Avloniy ko‘chasi, 2-uy);
- Nukus (Olmazor ko‘chasi, 223-uy);
- Urganch (J.Manguberdi ko‘chasi, 2-uy);
- Samarqand (Samarqand sh., Universitet ko‘chasi, 17);
- Termiz (At-Termiziy ko‘chasi, San’at saroyi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter