O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab Italiya poyezdi qatnaydi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning «Arsenale Group S.P.A» kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab poyezd qatnovini tashkil qilishga doir memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Memorandumga ko‘ra, kompaniya 2026-yildan boshlab O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanadigan hashamatli «Luxury Train Cruising» poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Ikkala tomon ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga va uning O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun muhimligiga ishonch bildirgan.
«Luxury Train Cruising» poyezdi dunyo sayyohlariga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga borish imkonini beradi. Poyezdda yo‘lovchilarga sayohat paytida maksimal qulaylik ta’minlanadi.
ma’lumot uchun, «Arsenale Group S.P.A.» kompaniyasi muhandislik, qurilish, transport va turizm kabi turli biznes sohalariga ixtisoslashgan italyan kompaniyasi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter