Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning yana besh hududidan Istanbulga aviaqatnovlar rejalashtirilyapti

O‘zbekistonning yana besh hududidan Istanbulga aviaqatnovlar rejalashtirilyapti

Joriy yil 15-16-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya tomonining ikki davlat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga doir maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi kundagi holati, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralar so‘nggida ikki davlat o‘rtasid aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oshirish hamda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Jumladan, 2023-2024-yillarda Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkazish hamda Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan va Andijon shaharlaridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. Shuningdek, bu boradagi tegishli hujjat imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring