Nankin va Toshkent o‘rtasida yuk reyslari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Parvozlarni 12 oktyabrdan boshlab, haftasiga uch marta amalga oshirish rejalashtirilgan.
Toshkent va Haydarobod o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
Parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.
Belgrad — Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovi ochilishi mumkin
Bu haqda Belgradda o‘tkazilgan O‘zbekiston — Serbiya biznes forumida aytib o‘tilgan.
O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Ushbu masala O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov va Filippinning Erondagi elchisi Roberto Manalo bilan uchrashuvda muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishi mumkin
Muzokaralarda haydovchilar uchun vizalarni elektron tarzda rasmiylashtirish va to‘lovlarni optimallashtirish, Farap–Olot chegara o‘tish jarayonlarini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Izmir va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Parvozlar haftasiga to‘rt marta 189 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Boeing 737-800 rusumidagi havo kemalarida bajariladi.
Pekin – Toshkent aviareyslari haftasiga yetti martagacha oshirilishi mumkin
Xitoy tomoni, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi aeroportlariga qiziqish bildirmoqda. Ushbu hudud bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaaloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari o‘rganiladi.
Maskat–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirib, yangi xalqaro yo‘nalishlarni ishga tushirmoqda
Centrum Air aviakompaniyasi o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish doirasida qator yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlar ishga tushirilishini e’lon qiladi. Asosiy e’tibor MDH mamlakatlaridagi ishtirokni kengaytirish, shuningdek, Osiyo davlatlari bilan aviatsiya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Iroq O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Ayni kunlarda Iroq davlatida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik tadbirkorlardan iborat delegatsiya mamlakat iqtisodiyot konsulligi tomonidan tashkil etilgan norasmiy formatdagi «Biznes muloqot» tadbirida ishtirok etdi.

