Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsuvta’minot» Olmaliqdagi o‘quvchilarning suvdan zaharlanganini rad etmoqda

«O‘zsuvta’minot» Olmaliqdagi o‘quvchilarning suvdan zaharlanganini rad etmoqda

Bir muddat oldin joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar, Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabning jami 12 nafar o‘quvchisi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, shahar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarda ularning maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’molidan zaharlangani aytilgan.

Holat yuzasidan «O‘zsuvta’minot» AJ Matbuot kotibi Akmal Murodov rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda «Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ Olmaliq shahar suv ta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlardan kimyoviy tahlil namunalari olingan.

Shuningek, mazkur hududda yashovchi  aholidan ichimlik suvi sifati bo‘yicha ma’lumotlar olinganida  ularda e’tiroz hamda ichimlik suvi sababli sog‘ligida shikoyatlari yo‘qligi aniqlangan.

«SSV Sanitariya-eridemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan 20-sentyabrda «Buxoro» maktabida olingan 4 ta ichimlik suvi namunalari xulosasiga ko‘ra, ichimlik suvi belgilangan me’yor talablariga javob beradi.

Bu esa yuqorida qayd etilgan o‘quvchilarning kasallanishiga ichimlik suvining aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi, Bolalar ombudsmani hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi», – deydi A.Murodov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring