Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentdagi Qiziltog‘ shaharchasiga 267,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda

Parkentdagi Qiziltog‘ shaharchasiga 267,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda

Qiziltog‘ shaharchasi aholisini turmushini yaxshilash, munosib shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy va ishlab chiqarish soha ob’yektlar infratuzilmasini rivojlantirish uchun 267 milliard 512 million so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi xabar berdi.

Ayni kunlarda mablag‘ning bir qismi - 48 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar sarf etildi.

Jumladan:

– O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga qarashli «Futbol» o‘yingohi va yotoqxona binosi mukammal ta’mirlandi;

– Shaharcha shifoxonasi uchun 19 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun tunu-kun faoliyat olib boradigan 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat shifokorlik posti yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda, tibbiy tez yordam xizmatini yaxshilash maqsadida 1 dona “tez yordam” mashinasi xarid qilindi;

– 56-maktab to‘liq rekonstruksiya qilindi. 55-maktabning kanalizatsiya tizimi qayta ta’mirlanib, elektron doskalar bilan jihozlandi. 57-umumta’lim maktabi va mahalla yoshlari uchun yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi;

– Oydin mahallasida 1 ta vorkaut va stritbol, Said ota mahallasida esa 1 ta universal sport maydoni qurildi;

– 4-kasbiylashgan yong‘in qutqaruv qismi kapital ta’mirlanib, qo‘shimcha bino va bitta o‘t o‘chirish avtotransport vositasi bilan ta’minlandi;

– Hududdagi istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad, tom qismlari, yo‘laklari va 2 ta bolalar maydonchasi barpo etildi;

–7 km. umumfoydalanuvdagi, 14,2 km. ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari, piyodalar yo‘laklari qurib bitkazildi. Oqova suv lotoklari va bordyurlar o‘rnatildi;

–10,2 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, suv inshooti va suv nasoslari yangisiga almashtirildi. 200 dan ortiq eskirgan sim yog‘ochi yangisiga almashtirilib, tarmoqlar yangilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring