Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

2024–2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bu borada Prezidentning PQ-71-son qarori qabul qilindi.

Bunda subsidiya ajratish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan «Agrosubsidiya axborot tizimi» orqali amalga oshiriladi. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi.

Shuningdek, subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan 2025-yilda ajratiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan «Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi» davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring