Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Poyi Kalon» majmuasi oldida behayo raqsga tushgan yigit va qiz javobgarlikka tortildi

«Poyi Kalon» majmuasi oldida behayo raqsga tushgan yigit va qiz javobgarlikka tortildi

Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri bo‘lgan «Poyi Kalon» majmuasi (Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi) oldida behayo suratga tushgan yigit va qiz javobgarlikka tortildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati   ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning iyul oyi o‘rtalarida 2004 yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, tumanning «Zarangari» mahallasida ro‘yxatda turuvchi, Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida vaqtincha ijarada yashovchi E.M. ismli ayol o‘zining tanishi 2004 yilda Kogon tumanida tug‘ilgan, hozirda Samarqand temir yo‘l texnikumi 1-bosqich talabasi, Kogon tumani «Taraqqiyot» mahallasida yashovchi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi «Poyi Kalon» majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli beo‘xshov qiliqlar qilib, boshqa bir «H.» ismli tanishining qo‘l telefonida videoga tushgan. Shundan so‘ng video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi va «H.» ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

«Holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan H. ning shaxsiga aniqlik kiritilib, qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi», deyilgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring