Poytaxtning ikkita tumanida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Veolia Energy Tashkent» MChJ xabar bergan.
Kompaniya poytaxtda isitish tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari davom ettirilishi, shuningdek, yangi shikastlanishlar aniqlangani sababli 11-noyabr kuni qator manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini bildirgan.
Issiqlik ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:
Yunusobod tumani: 4, 7, 8 va 9-mavzelar, Ergashev ko‘chasi (1, 2, 3, 4-uylar), Gidrometeorologiya markazi, Mudofaachilar ko‘chasi (55, 72-uylar), Niyozbek yo‘li 6, S-2 (qisman), Osiyo ko‘chasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani: M-1 (21, 23, 24-uylar), Hamid Olimjon maydoni (1, 2, 3, 4, 5, 7-uylar), Mustaqillik ko‘chasi (22, 42-uylar).
«Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng (taxminan 11 noyabr yarim tungacha) tiklanadi», deyiladi rasmiy xabarda.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, 11-noyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra:
- 1 852 ta ijtimoiy obektdan 1 778 tasida issiqlik ta’minoti ishga tushirildi, bu umumiy binolarning 96 foizini tashkil etadi;
- 8 900 ta binodan 8 615 ta turar-joy binolarida issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yildi, bu umumiy binolarning 97 foizini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter