Prezident bir guruh yoshlarni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi

Prezident Mirziyoyev barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatgan, o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan taraqqiyotga xizmat qilayotgan bir guruh yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tegishli qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, ushbu iqtidorli yigitlar fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanadilar.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.
Shuningdek, ularning har biriga BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter