Prezident Mirziyoyev 29 mart kuni Olmaotaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29 mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida bo‘ladi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter